» » Foto: Toshkentda navbatdagi shoh ko‘chadan yo‘l o‘rtasidagi ajratuvchi to‘siqlar olib tashlandi

Foto: Toshkentda navbatdagi shoh ko‘chadan yo‘l o‘rtasidagi ajratuvchi to‘siqlar olib tashlandi


14-noyabr kuni Toshkentning Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalari o‘rtasidagi ajratuvchi to‘siqlar olib tashlandi. UZ24 xabariga ko?ra, Janubiy vokzaldan “Oybek” metro bekatiga qadar bo‘lgan oraliqdagi ajratuvchi metall to‘siqlar olib tashlangan.

Xabar berishlaricha, ayni vaqtda “Oybek” metro bekatidan 6-tug‘uruqxonagacha bo‘lgan oraliqdagi to‘siqlarni olib tashlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Avvalroq, iyul oyida Navoiy va Shahrisabz ko‘chalarining O‘rdadan 6-tug‘uruqxonagacha bo‘lgan qismidagi, bundan avvalroq — may oyida esa Mustaqillik shoh ko‘chasidagi ajratuvchi to‘siqlar olib tashlangan edi.

Shahar ma’muriyati ajratuvchi to‘siqlar nima sababdan o‘rnatilib, so‘ng qanday asosda olib tashlanayotganiga hozirga qadar biror izoh berganicha yo‘q.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют