» » Markaziy bank raisining o‘rinbosari: Avtokreditlar berilishi xaridorlarning to‘lov qobiliyati pastligi tufayli qisqardi

Markaziy bank raisining o‘rinbosari: Avtokreditlar berilishi xaridorlarning to‘lov qobiliyati pastligi tufayli qisqardi


Markaziy bank raisining o‘rinbosari Shuhrat Otaboyev oxirgi yarim yilda tijorat banklari katta miqdorda avtokreditlar berganini, ammo aholining to‘lov qobiliyati pastligi bois ko‘rsatkichlar tushib ketganini ma’lum qildi.

“Markaziy bank avtokredit berishni taqiqlash bo‘yicha hech qanday normativ aktlar chiqargani yo‘q, tijorat banklari kreditlarni o‘z moliyaviy imkoniyatlari va tahdidlarga qarab beradi”, — uning so‘zlarini keltiradi “Kommersant.uz”.

“Tadqiqotlarimizga ko‘ra, banklar avto uchun kredit berishni xaridorlar to‘lov qobiliyatining pastligi tufayli kamaytirdi. Qaytish ko‘rsatkichlari pastligi birinchi oylardayoq aniqlandi”, — dedi Otaboyev.

“Bitta avtomobil narxi o‘rtacha 80 million so‘m bo‘lsa, uch yillik rassrochka bilan oylik to‘lov 3 million so‘mni tashkil etadi. Mamlakatdagi o‘rtacha maosh bu summaga to‘g‘ri kelmaydi”, — qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Otaboyev joriy yilda banklar 15 ming talabaga 75 milliard so‘m miqdorida ta’lim kreditlari berganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Bunday kreditlar qo‘shimcha shartnoma asosida qabul qilinganlarga yana o‘sha sabab — mablag‘ qaytishining ushlanib qolishi tufayli berilmayapti.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют