» » Rossiyalik olimlar sun’iy buyrakni sinovdan o‘tkazdi

Rossiyalik olimlar sun’iy buyrakni sinovdan o‘tkazdi


“Moskva elektron texnika instituti” (METI) qoshidagi Milliy tadqiqot universitetining olimlari qonni tozalashga mo‘ljallangan “sun’iy buyrak” qurilmasini yaratdi. Buning uchun qurilmadagi maxsus eritmani bir sutkada ikki marta almashtirish darkor, deb xabar berdi “Nauka”.

“Sun’iy buyraklar” odatda metabolik mahsulotlardan qonni tozalash va elektrolit-suvli hamda kislota-asosli muvozanatlarini tiklash uchun ishlatiladi. Bu o‘tkir va surunkali buyrak yetishmasligi, shuningdek, zaharlanish holatlarda zarur.

Zamonaviy tibbiyotda qonni tozalashning ikkita sun’iy usuli mavjud: gemodializ va peritoneal dializ. Gemodializda qon odam tanasidan tashqarida, maxsus markazlarda tozalanadi. Peritoneal dializda esa maxsus eritma bemorning qorin bo‘shlig‘iga joylashtiriladi. Eritmani bir kunda bir necha bor almashtirish kerak. Rossiyada birinchi usul keng tarqalganligiga qaramay, olimlar peritoneal dializning oson usulini yaratish niyatida.

Buning uchun olimlar doim yonida ko‘tarib yurish mumkin bo‘lgan yangi qurilmani ixtiro qildi. Tizim peritoneal dializ usulida, doimiy almashib turuvchi eritma yordamida ishlaydi. Shu sababli uni muntazam emas, kuniga bir yoki ikki marta almashtirish kifoya.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют