» » Hindistonda fil o‘z ustiga chiqmoqchi bo‘lgan erkakni uloqtirib yubordi (video)

Hindistonda fil o‘z ustiga chiqmoqchi bo‘lgan erkakni uloqtirib yubordi (video)


Hindistonning Kerala shtatida bir erkak fil ustiga chiqishga harakat qildi, biroq hayvon uni bir necha metr uzoqqa uloqtirib yubordi. Noxush hodisa tasvirlangan video 360 ming martadan ortiq tomosha qilindi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Hindustan Times narshining ma’lumotlariga ko‘ra, erkak “Baxaubali: Yakun” filmidagi tryukni takrorlashga harakat qilgan. Filmda bosh qahramon fil xartumiga chiqadi.

Avvaliga erkak shunchaki hayvonni oziqlantirgan va u bilan gaplashgan, biroq uning tishiga tegingach filning jahli chiqib ketgan. Videodan ko‘rish mumkinki, erkak jiddiy jarohat olgan: fil uni uloqtirib yuborgach u mustaqil o‘rnidan tura olmagan.

Ma’lum qilinishicha, erkak mast holda bo‘lgan. Ushbu voqeadan so‘ng u shifoxonaga yuborilgan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют