» » Fotogalereya: Dunyoning turli burchaklaridagi 1 million dollarlik uylar

Fotogalereya: Dunyoning turli burchaklaridagi 1 million dollarlik uylar


AdMe 1 million dollar evaziga dunyoning turli burchaklaridan qanday uy sotib olish mumkinligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Bir million dollar evaziga bu kabi yorqin apartamentlar bilan jihozlangan, oshxona, yuvinish xonasi va bitta yotoxonaga ega uyni sotib olish mumkin. Apartamentlar mehmonxona binosida joylashganligi uchun uning ma’muriyati bu yerda yashash tartibini belgilab beradi. Masalan, binoda uy hayvonlari bilan yashash mumkin emas.

Ushbu koshonaning yoshi 130 dan ortiq. Bu yerda 6 kishiga mo‘ljallangan yotoxona mavjud va bino gaz yordamida isitiladigan tizimga ega. Uy kapital ta’mirlashga muhtoj.

Salkam bir million dollar evaziga Parijdan uch xonali uy sotib olish mumkin. Bu yerda oshxona, yotoxona, mehmonxona joylashgan. Uy egalari bir necha kvartira uchun mo‘ljallangan umumiy yer maydonidan foydalanishlari mumkin.

Fransiyadagi ushbu kichkina shaharchadan yuqoridagi mablag‘ evaziga basseyn va katta tomorqaga ega uy sotib olish mumkin.

1 million dollarga egalik qiluvchi shaxs Milandagi yaxshi dahalardan biridan uch xonali uy sotib olishi mumkin.

Shuningdek, 1 million dollarga Kataloniyadan kantri-usulida qurilgan uyni ham sotib olsa bo‘ladi.

Ushbu uyda 7 ta xona, garaj va xo‘jalik uchun mo‘ljallangan ko‘plab xonalar mavjud.

Monrealda ushbu pul evaziga 4 ta yotoqxonasi hamda basseyni mavjud uyga egalik qilsa bo‘ladi.

Bir million dollardan ortiqroq mablag‘ga metrodan 5—10 daqiqalik uzoqlikda joylashgan koshonani sotib olsa bo‘ladi.

Salkam bir million dollarga Moskva markazidan uch xonaga ega hashamatli kvartirani sotib olish mumkin.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют