» » Hyperloop sobiq texnik direktori soatiga 320 km tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘llarni o‘ylab topdi (video)

Hyperloop sobiq texnik direktori soatiga 320 km tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘llarni o‘ylab topdi (video)


Hyperloop One’ning sobiq texnik direktori Brogan Bembrogan tomonidan asos solingan Arrivo startapi soatiga 320 kilometr tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lgan shosse konseptini taqdim etdi. Shuningdek, kompaniya bu kabi yo‘lni birinchi bor Kolorado shtatida yaratish rejasi haqida ham bo‘lishdi. Bu haqda The Verge’ga tayanib, “Motor” xabar berdi.

Arrivo tomonidan taqdim etilgan loyiha yengil avtomobillar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan maxsus platformalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ularning bazasida yo‘lovchilar tashuvchi modullarni ham qurish mumkin. Ular shosse bo‘ylab magnit levitatsiya yordamida harakatlanadi.

Yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan shossening tajriba nusxasi 2019-yilda Denverda (Kolorado shtati) qurish rejalashtirilgan. 2021-yilga borib esa undan tijoriy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘ladi. Hozirda 55 daqiqani tashkil qiluvchi ikki so‘nggi nuqta orasidagi masofa to‘qqiz daqiqada bosib o‘tiladi.

Bembrogan Arrivo’ga Hyperloop One’dan ketgach asos solgan. Keyinroq u kompaniyaga nisbatan da’vo arizasini ilgari surgan, Bembrogan top-menejerlarni talon-tarojda, o‘z vazifasini suiiste’mol qilishda va o‘z nomiga tahdidlar uyushtirishda ayblagan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют