» » Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi ochiladi

Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi ochiladi


O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha ta’lim markazi tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasi 13-noyabr kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Surxondaryo viloyatining Afg‘oniston bilan chegaradosh Termiz tumanidagi Yangiariq qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji binosida faoliyat ko‘rsatuvchi markaz gumanitar, pedagogik va muhandislik-texnik yo‘nalishlarda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Ta’lim afg‘on tomonining arizasiga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan o‘quv rejalari va dasturlari asosida kunduzgi yoki sirtqi shakllarda amalga oshiriladi. O‘qish muddati tezlashtirilgan shaklda bo‘lishi mumkin. Akademik guruhlar belgilangan maqsad, milliy-madaniy o‘ziga xosliklar va ta’lim tiliga bog‘liq ravishda turlicha shakllantirilishi mumkin. Chet el fuqarolari uchun o‘rnatilgan to‘lovlarning yarmi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qoplanadi.

Markaz yangi talabalar shaharchasiga joylashtirilib, unda yotoqxonalar, tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari, oshxonalar, novvoyxonalar, chakana savdo shoxobchalari va boshqalar uchun o‘rinlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют