» » Past ko‘rsatkichli litseylar yopiladi

Past ko‘rsatkichli litseylar yopiladi


O‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan, oliygohlardan uzoqda joylashgan, shuningdek, ta’lim hamda kirish ko‘rsatkichlari past akademik litseylar tugatiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Oliy o‘quv yurtlari tarkibida yuqori ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bittadan akademik litseylar qoldiriladi.

2018–2019-o‘quv yilida akademik litseylarga kirish mexanizmlari joriy etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi va xalq ta’limi vazirligiga bir oy muxlat ichida akademik litseylardagi ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha konkret choralar ishlab chiqish topshirildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют