» » 2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi

2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, keyingi yillarda test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalari, ularning natijalarini e’lon qilish borasida olib borilayotgan ishlar bugungi kun talablariga to‘liq javob bermayapti. Bu esa jamoatchilik, xususan, ota-onalarning haqli ravishdagi e’tirozlarini keltirib chiqarmoqda va har yili ularning ushbu masala yuzasidan qariyb 4 mingdan ortiq murojaati kelib tushmoqda.

Mamlakatda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, test sinovlarini takomillashtirish, uning adolatli, xolis va shaffof o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat test markazining:

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini 1-avgustdan 15- avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkazish;

Test sinovlari natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazi rasmiy veb-saytida e’lon qilish haqidagi takliflari ma’qullandi.

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasalariga test sinovlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlari hamda uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilonlar, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlaridagi Olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkazilishi, test jarayonining maksimal darajada oshkora va shaffofligini ta’minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, jumladan, abituriyentlar ota-onalarining onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta’minlash topshirildi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 08:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют