» » Ozbekistonda madaniyat, sanat va sport sohasidagi oliy talim yonalishlariga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi

Ozbekistonda madaniyat, sanat va sport sohasidagi oliy talim yonalishlariga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika oliy talim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini otkazish tartibini takomillashtirish togrisida qaror qabul qildi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, kirish test sinovlari topshiriqlari va uni otkazish talablari qobiliyatli yoshlarni oliy talimga qabul qilish mezonlariga tola javob bermaydi. Ayniqsa, ijodkorlik va individual mahoratni talab etadigan madaniyat, sanat, dizayn, tasviriy va amaliy sanat, sanatshunoslik, musiqiy talim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi talim yonalishlariga iqtidorli yoshlar orniga, ushbu sohalarda yetarli iqtidorga ega bolmagan yoshlar test sinovlari orqali oqishga qabul qilinmoqda.

Ushbuni nazarda tutib, Oliy va orta maxsus talim, Xalq talimi, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Davlat test markazining madaniyat, sanat, dizayn, tasviriy va amaliy sanat, sanatshunoslik, musiqiy talim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi talim yonalishlariga qabul qilishni kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshirish haqidagi taklifi maqullandi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan Moliya vazirligiga Davlat test markazining budjetdan tashqari mablaglari hamda oliy talim muassasalarining oshirilgan tolov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda) hisobiga bir oy muddatda Davlat test markazi huzurida Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgarmasini tashkil etish topshirildi.

Jamgarma mablaglaridan Davlat test markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, markaz xodimlarining moddiy ragbatlantirish, xorijiy davlatlar oquv va ilmiy muassasalarida malakalarini oshirishi uchun foydalanilishi belgilab qoyildi.

: admin (17-11-2017, 08:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -