» » AQSh asosiy muxolifat partiyasini tarqatib yuborgan Kambodjaga qarshi choralar ko‘radi

AQSh asosiy muxolifat partiyasini tarqatib yuborgan Kambodjaga qarshi choralar ko‘radi


Oq uy Kambodja muxolifat partiyasini tarqatib yuborgani munosabati bilan uni “muayyan choralar ko‘rilishi” bilan qo‘rqitdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“AQSh Kambodja hukumatining bosh muxolifat partiyasi, Kambodjani qutqarish milliy partiyasini tarqatib yuborish qarori yuzasidan chuqur xavotir bildiradi. Bu qaror partiyaning hokimiyatni ag‘darish maqsadida til biriktirganligi haqidagi asossiz va siyosiylashtirilgan ayblovlarga asoslangan”, — deyiladi AQSh prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders bayonotida.

Sanders, shuningdek, Kambodja hukumatini fuqarolar erkinliklarini cheklashda, matbuotga bosim o‘tkazishda va 100 dan ortiq muxolifatchining siyosiy faoliyatini taqiqlashda aybladi.

“AQSh Kambodja hukumatining xatti-harakatlariga javoban ma’lum choralar ko‘radi. Birinchi chora sifatida biz saylovlar o‘tkazish bo‘yicha Kambodja milliy qo‘mitasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatamiz. Bu yo‘nalishda davom etsa, 2018-yilgi saylovlar qonuniy, erkin yoki halol bo‘lmaydi”, — dedi Sanders.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют