» » Ashxobodda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Ashxobodda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda (foto)


Turkmanistonning Ashxobod shahrida O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi axborot xizmati.

Madaniyat kunlari davomida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Turkmaniston davlat kutubxonasida ikki davlat ziyolilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ziyolilar tomonidan bugungi kunda adabiy, madaniy tadbirlarga imkon yaratib berganligi uchun ikki davlat rahbarlariga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, xalqlarni yaqinlashtirishda adabiyotning o‘rni alohida ekanligi ta’kidlandi, ikki mamlakat ijodkorlari faol bo‘lishi zarurligi e’tirof etildi.

O‘zbekistonda nashr qilinadigan “Jahon adabiyoti” jurnali va “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi Turkmanistonda nashr qilinadigan “Dunyo adabiyoti” jurnali, “Turkmaniston madaniyati” gazetasi bilan hamkorlik qilish taklifini berdi.

Shuningdek, “Vatan” kinokonsert saroyida o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют