» » Bolt bazasida yaratilgan Chevrolet elektrokrossoverining dizayni namoyish etildi

Bolt bazasida yaratilgan Chevrolet elektrokrossoverining dizayni namoyish etildi


Internet tarmoqlarida Chevrolet kompaniyasining hozircha nomi ma’lum bo‘lmagan seriyali elektrokorssoverining ilk suratlari paydo bo‘ldi. Bir nechta nashrlar, jumladan, Motor1 hamda Carscoops’ning yozishicha, ushbu illyustratsiyalar General Motors rahbari Meri Barraning Nyu-Yorkdagi Barclays 2017 Global Automotive Conference anjumanidagi chiqishida namoyish etilgan, deb xabar berdi “Motor”.

Ushbu avtomobil 2016-yilning yanvarida Detroytdagi avtosalonda ilk bor taqdim etilgan ixcham Chevrolet Bolt elektromobilining agregat bazasida yaratilgan. Model 200 kuchga ega, sig‘imi 60 kilovatt-soat bo‘lgan litiy-ionli batareyalardan quvvatlanuvchi elektr dvigatel bilan jihozlangan.

Bolt’ning maksimal harakatlanish zaxirasi 320 kilometr. Harakatlanish zaxirasini 80 kilometrga oshirish uchun elektromobil batareyasini uy rozetkasida ikki soat davomida quvvatlantirish kerak.

Chevrolet Bolt’ning narxi AQShda 36 620 dollardan boshlanadi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют