» » Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahrining har bir tumanida 10 tadan zamonaviy suzish havzasi qurish kerak

Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahrining har bir tumanida 10 tadan zamonaviy suzish havzasi qurish kerak


Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani 6-A massividagi suzish havzasini borib ko‘rdi, deb xabar berdi O‘zA.

Suzish havzasining uzunligi 25 metr, eni 11 metr. Kuniga 150—200 kishini qabul qiladi. 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan inshootda yoshlarning suzish texnikasini o‘rganishi va mahoratini oshirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Tibbiyot xodimlari va murabbiylar uchun xonalar mavjud. Suvni tozalash, isitish tizimlari, xona haroratining mo‘tadilligini saqlash uskunalari suv havzasining ko‘p yillar davomida yosh avlodga xizmat qilishini ta’minlaydi.

“Yurtimiz iqlim sharoitiga, yoz va qish fasliga moslab Toshkent shahrining har bir tumanida 10 tadan zamonaviy suzish havzasi qurish kerak, ularni barpo etishda sifatli qurilish materiallaridan foydalanish lozim”, — dedi davlat rahbari.

O‘zbekiston Prezidenti sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishga bolalarni yanada kengroq jalb qilish, suzish texnikasini o‘rgatadigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют