» » Mixael Shumaxer boshqargan Ferrari F2001 auksionda 7,5 million dollarga sotildi

Mixael Shumaxer boshqargan Ferrari F2001 auksionda 7,5 million dollarga sotildi


Mixael Shumaxerning Ferrari F2001 poyga mashinasi Sotheby’s kimoshdi uyi savdolarida 7,5 million dollarga sotildi. Bu haqda kimoshdi uyining Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Lotning dastlabki narxi 4—4,5 million dollarni tashkil etdi. Auksion vakillarining ma’lum qilishicha, bu zamonaviy “Formula-1” mashinasi uchun to‘langan rekord mablag‘ hisoblanadi. Ushbu avtomobil yordamida Shumaxer 2001-yil Monakodagi poygada bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

2013-yilda Shumaxer Meribel kurortida tog‘ chang‘isida uchayotib, boshidan jarohat olgan edi. Komaga tushgan poygachi Grenobldagi shifoxonaga yetkazilgan va u yerda Shumaxer bir nechta operatsiyani boshidan o‘tkazgan. Shumaxerning davolanishi uchun uning oilasi 16 million yevro sarfladi. Shumaxerning yaqinlari uning komadan chiqishidan hali ham umidini uzmagan.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют