» » Andijonda O‘zbekiston bayrog‘ining 26 yilligiga bag‘ishlab maxsus avtokarvon va ommaviy marafon tadbirlari o‘tkazildi (foto)

Andijonda O‘zbekiston bayrog‘ining 26 yilligiga bag‘ishlab maxsus avtokarvon va ommaviy marafon tadbirlari o‘tkazildi (foto)


Andijon viloyatida joriy yilning 18-noyabr kuni “17-noyabr – Butunjahon talabalar kuni” hamda “18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan viloyat miqyosida bir nechta ommaviy-madaniy tadbirlar tashkil qilindi.

Andijon viloyati hokimligi, viloyat IIB, MK “Vatanparvar” tashkiloti viloyat Kengashi, viloyat kasaba uyushmalalri federatsiyalari birlashmasi, “Liberal demokratik partiyasi” viloyat Kengashi o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlab maxsus avtokarvon va ommaviy marafon tadbirlari o‘tkazildi.

Dastlab soat 08:00 da Andijon shahridagi Xotira xiyobonidan 15 ta yengil avtomashinalar bayroqlar bilan jihozlangan holda shahar hududi bo‘ylab avtokarvon safarini amalga oshirdi.

Ushbu avtomashinalar karvoni shahar hududida qariyb ikki soat mobaynida aylanib, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bordi.

Shundan so‘ng, soat 10:00 da Andijon—Asaka yo‘nalishidagi katta trassada viloyatdagi umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejalari va akademik litseylar, shuningdek oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida 1000 metrga yugurish bo‘yicha marafon o‘tkazildi.

Marafon ishtirokchilari o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasida aniqlanib, ulardan faxrli 1, 2, 3- o‘rinni olganlari tashabbuskor tashkilotlarning qimmatbaho sovg‘alari va viloyat hokimligining diplomi bilan taqdirlandi.

Shu kuni bayram munosabati bilan Andijon qishloq xo‘jaligi institutida viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida ham quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi va ushbu bayram viloyatda kechgacha davom etdi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют