» » Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi

Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar foydalanishi mumkin, deb xabar beradi O‘zA.

Ushbu elektron xizmat yordamida foydalanuvchi onlayn ravishda hisoblagichni o‘rnatish, almashtirish, tamg‘alatish yoki o‘chirtirish maqsadida mutaxassisni chaqirtirish uchun ariza beradi. Fuqaro ariza yozayotganda elektr ta’minoti korxonasining vakili qaysi vaqtda kelishini ko‘rsatadi. Xizmatdan foydalanish uchun fuqaro portaldagi o‘z shaxsiy kabinetida ko‘chmas mulk haqidagi maxsus formani to‘ldirishi lozim. Unda ko‘chmas mulkning kadastr raqami va manzili ko‘rsatiladi.

Bu interaktiv xizmat elektr ta’minoti xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, vaqtga qarab unumli foydalanish imkonini beradi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют