» » Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan uch bemor qochib ketdi

Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan uch bemor qochib ketdi


Toshkent shahridagi Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan 20-noyabr, dushanba kuni uch bemor qochib ketdi. Bu haqda, o‘z manbasiga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Qochgan bemorlar muqaddam jinoiy harakatlari uchun javobgarlikka tortilgan. Ulardan biri o‘g‘rilik, ikkinchisi giyohvandlik moddasini tarqatish, uchinchisi tanaga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish kabi qilmishlarga qo‘l urgan.

Qayd etishlaricha, ikki nafari Qashqadaryodan, yana biri Samarqand viloyatidan bo‘lgan bemorlar shifoxonada signalizatsiya tizimi ishlamaganidan foydalanib, qochgan. Ulardan biri onasi bilan aloqaga chiqib, “taksiga pul zarur”ligini aytgan.

“Ayni paytda Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor-qidiruv ishlari boshlangan”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют