» » Braziliyada bola ko‘targan politsiyachi dorixonani o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni otib tashladi (video)

Braziliyada bola ko‘targan politsiyachi dorixonani o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni otib tashladi (video)


Braziliyaning Kampu-Limpu-Paulista shahrida o‘g‘lini ko‘tarib olgan politsiyachi dorixonani tunamoqchi bo‘lgan ikki o‘g‘rini otib tashladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Xabarda qayd etilishicha, ikki o‘g‘ri dorixonani tunash maqsadida kirganida mahalliy politsiya serjanti rafiqasi va o‘g‘li bilan xaridni amalga oshirayotgan edi.

Kuzatuv kamerasidan olingan tasvirlarda politsiyachining o‘g‘lini qo‘lida ko‘tarib turgan holda o‘g‘rilarga qarata o‘q uza boshlagani, keyinroq esa bolani rafiqasiga bergani aks etgan.

Jinoyatchilar hodisa joyida halok bo‘lgan.

O‘g‘rilik va qotillik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Politsiyachining harakatlari o‘zini himoya qilish sifatida baholanishi mumkin.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют