» » Toshkent viloyatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 349 nafar shaxs jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 349 nafar shaxs jarimaga tortildi


Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va hududiy bo‘linmalari tomonidan profilaktik tadbirlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in kelib chiqishi sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Doimiy o‘tkazilayotgan tushuntirish ishlariga qaramay, joriy yilning 10 oyida viloyatda 1203 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Ularning 632 tasi fuqarolar turar joylarida sodir bo‘lib, natijada yetkazilgan moddiy zarar besh milliard 589 million so‘mdan ortiqni tashkil etgan. 38 fuqaro turli xildagi kuyish tan jarohati olgan.

Shu bilan birga, 124 holatda gaz qurilmasi, 247 tasi elektr moslamasining nosozligi yoki ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi, 150 holatda bolalarning olov bilan o‘ynashi va boshqa turli sabablar oqibatida sodir bo‘lgan.

Joriy yil boshidan buyon yong‘inlar profilaktikasi doirasida barcha tuman va shaharlardagi mahalla, ta’lim muassasalari, bozor va yirik savdo majmualarida yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalari, yong‘in aniqlangan hollarda harakatlanish tartibi bo‘yicha 213 marotaba amaliy mashq va mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida viloyatdagi 604 davlat tasarrufidagi va 388 xo‘jalik yurituvchi subyektlar yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazildi. Tekshiruvlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 349 nafar shaxs 38 million so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi. Yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan 307 bino va inshoot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют