» » Fotogalereya: Omon qolgan birinchi yetti egizak 20 yoshga to‘ldi

Fotogalereya: Omon qolgan birinchi yetti egizak 20 yoshga to‘ldi


Bundan 20 yil oldin, 1997-yilning 19-noyabrida Makkoylar oilasida yettita farzand dunyoga kelgan: Kennet, Aleksis, Natan, Brendon, Natali, Joel va Kelsi. Bu barcha bolalar omon qolgan tarixdagi birinchi yetti egiz hisoblanadi (ikki nafari miya yarim shari falaji bilan tug‘ilgan). AdMe 20 yoshga to‘lgan yetti egizning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Oilada yetti egiz tug‘ilguniga qadar Makkoylarning bir nafar qizi — Mikeyla Mari bo‘lgan, biroq Bobbi ko‘proq farzandli bo‘lishni istagan, shu sababli u maxsus terapiyaga rozi bo‘lgan.

Makkoylar oilasida yetti egiz tug‘ilgach, ular gazeta-jurnallar, televideniye diqqat markaziga tushgan.

Ularni hatto o‘sha vaqtda AQSh prezidenti bo‘lgan Bill Klinton ham tabriklagan. Shuningdek, ularga uy sovg‘a qilingan, moddiy tomondan yordam berilgan va barcha yettita farzandning kollejda o‘qishi uchun oldindan pul to‘langan.

Kennet mahalliy kollejlardan birida o‘qimoqda va kelajakda quruvchi bo‘lish niyatida.

Aleksis falajga uchragan farzandlardan biri. Hozirda u hassa yordamida harakatlamoqda va mahalliy kollejlardan birida “maktabgacha ta’lim” darajasini olmoqda.

Brendon — yetti nafar farzand ichida kollejda daraja olishni istamagan yagona farzand. U armiyada xizmat qilishni ma’qul ko‘rgan.

Kelsi egizlar dunyoga kelganida Gannibal-Lagranj universiteti tomonidan va’da qilingan stipendiyadan foydalangan va kelajakda artist bo‘lish niyatida.

Natan — falajga uchragan ikkinchi farzand — 2005-yilda umurtqasini operatsiya qildirib, yurishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda u Gannibal-Lagranj universitetida kompyuter texnologiyasi bo‘yicha ta’lim olmoqda.

U ham Gannibal-Lagranj universiteti stipendiyasidan foydalangan va opasi kabi “maktabgacha ta’lim” darajasini olish niyatida.

Joel ham Natan kabi Gannibal-Lagranj universitetida kompyuter texnologiyasini o‘rganmoqda.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют