» » AQShda egiz opa-singil bir kunda farzand ko‘rdi

AQShda egiz opa-singil bir kunda farzand ko‘rdi


AQShda egiz opa-singil bir kunda, bitta shifoxonada o‘g‘il farzand ko‘rdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Nyu-Jersida istiqomat qiluvchi 32 yoshli egizlar — Daniel Grant va Kim Eybraxam 29-aprel kuni 4 soatlik farq bilan o‘g‘il farzandlarni dunyoga keltirdi.

Opa-singil 22-aprel kuni farzand ko‘rishni rejalashtirgandi. Biroq belgilangan muddatda bolalar dunyoga kelmagach, ular sun’iy ravishda tug‘ishga qaror qildi.

Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, homila muddati bir kunga to‘g‘ri kelishi tasodif bo‘ldi. Faqatgina bolalarni dunyoga keltirish vaqti atayin tanlandi.

Opa-singil va ularning ancha do‘stlashib olgan turmush o‘rtoqlari Roman va Aron ismini olgan bolalarini birgalikda tarbiyalab, bir xil kiyimlar kiydirish va tug‘ilgan kunini birgalikda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют