» » Saudiya Arabistonida hibsga olingan shahzodalar qiynoqqa solinmoqda

Saudiya Arabistonida hibsga olingan shahzodalar qiynoqqa solinmoqda


Joriy yil boshida Saudiya Arabistonida qo‘lga olingan qirollik oilasi a’zolari va biznesmenlar hibsda Amerikaning xususiy harbiy kompaniyasi xodimlari tomonidan qiynoqlarga solinmoqda, deb yozadi “TASS”.

“Ular shahzodalarni do‘pposlayapti, qiynayapti, tarsaki tushiryapti va haqoratlayapti. Ularni sindirishga urinishmoqda”, — deya ma’lum qildi Daily Mail’ga qirollikdagi manbasi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, bu xatti-harakatlarni Amerikaning Academi xususiy kompaniyasi xodimlari amalga oshirmoqda.

“Hibsdagilar yashayotgan mehmonxonalar tashqarisida Saudiya maxsus xizmatlarining zirhli mashinalarini ko‘rish mumkin, ammo ichkarida xususiy harbiy kompaniya faoliyat olib bormoqda”, — dedi manba.

Kompaniyaning o‘zi qiynoqlarga aloqador emasligini, bunday xatti-harakatlar Amerika qonunchiligida taqiqlanganligini aytmoqda.

Gazeta qayd etishicha, korrupsiyaga qarshi kampaniyaga tashabbuskorlik qilgan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al Saud so‘roqlarda shaxsan ishtirok etmoqda. U qo‘lga olingan shahzoda va biznesmenlardan 194 milliard dollarni musodara qilishga ulgurgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют