» » AQSh politsiyasi KXDR hibsdan ozod etgan amerikalikning o‘limini tekshirmoqda

AQSh politsiyasi KXDR hibsdan ozod etgan amerikalikning o‘limini tekshirmoqda


AQShning Kaliforniya shtati San-Diyego shahar politsiyasi 2010-yilda AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter vositachiligida KXDRda hibsdan ozod etilgan amerikalik Ayjalon Gomesning o‘limi munosabati bilan tekshiruv boshladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Gomes o‘tgan hafta halok bo‘lgan. Olov ichida qolgan erkakni politsiyachi xarobazorda ko‘rib qolgan, u o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan, ular Gomesning o‘limini qayd etgan.

KXDR hukumati Gomesni 2010-yil yanvarida davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tishga urinish chog‘ida qo‘lga olgan. Bir necha yillar Janubiy Koreyada ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan amerikalik Xitoy hududidan KXDRga yashirincha o‘tmoqchi bo‘lgan. KXDRda uni sakkiz yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilishdi, hibsda chog‘ida u o‘z joniga qasd qilishga urindi.

2010-yil avgustida AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter Pxenyanga tashrif buyurdi. Uning tashrifi chog‘ida KXDR hukumati Gomesga amnistiya e’lon qilishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi va u KXDRni Karter bilan birga tark etdi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 140) ( 0) ( 138) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют