» » Facebook’da do‘stlari ko‘p bo‘lgan foydalanuvchilar ularni “mulk” deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi

Facebook’da do‘stlari ko‘p bo‘lgan foydalanuvchilar ularni “mulk” deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi


Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, odamning ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlari kam bo‘lsa, ushbu odam kundalik hayotida moddiy manfaatlar haqida kamroq tashvishlanishini bildiradi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Materialistlar tarmoqdagi “do‘stlari”ni “jismoniy” obyekt deb hisoblaydi va ularga xususiy mulk sifatida yondashadi. Shuningdek, ular ko‘proq vaqtini Facebook’da o‘tkazadi hamda o‘z hayotini ijtimoiy tarmoqdagi boshqalarning hayoti bilan solishtiradi. Rur universitetidan bo‘lgan (Germaniya) Filipp Ozimek boshchiligidagi maqola mualliflari buning nima sababdan sodir bo‘lishiga doir yangi nazariyani yaratdi. Ular buni “Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini o‘zi boshqarish nazariyasi” deb atadi.

“Materialistlar Facebook’dan munatazam foydalanadi, chunki ular o‘z do‘stlarini Facebook’da obyektivlashga moyil — ular o‘zlari egalik qilayotgan “mulk”ni ko‘paytirish uchun do‘stlarga ega bo‘ladi. Facebook’da millionlab profillar va odamlar haqida boshqa ma’lumotlar mavjudligi sabab bu yer — ijtimoiy taqqoslash uchun ideal platforma vazifasini bajaradi. Buning ustiga bularning barchasi bepul — materialistlar tekin narsadan foydalanishni yaxshi ko‘radi.

Mualliflar Facebook’ning 531 foydalanuvchisini ikki guruhga bo‘lib, ular ustida tadqiqot o‘tkazdi. Birinchi guruhdagi 242 kishidan ekperiment jarayonida bevosita foydalanildi, ikkinchi guruh esa nazorat ostida bo‘ldi. Ikkala guruhga ham ular Facebook’dan nima maqsadda foydalanishlari, o‘zlarini boshqalar bilan qanchalik taqqoslashlari, materializm darajasi, Facebook’dagi do‘stlari haqida qanchalik o‘ylashlari, shuningdek, ular ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlik orqali qanday foydali bonuslarga ega bo‘lishlari mumkinli borasida savollar jamlangan anketa berildi. Bundan tashqari respondentlar Facebook’dagi do‘stlari soni ham ko‘rsatishlari lozim edi.

Olimlar tajriba natijasida asosiy va nazorat guruhidagi odamlarning Facebook’dagi do‘stlari orasida bog‘liqlikni, ushbu do‘stlarning obyektlashtirish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash va materializm borligini aniqladi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют