» » O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladi


O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladi, deb xabar berdi O‘zA.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qutlovida ushbu tarixan qisqa davrda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi borasida salmoqli natijalarga erishilgani qayd etilgan.

Bugungi kunda Qozog‘iston va O‘zbekiston siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama va ko‘p qirrali o‘zaro aloqalarning namunaviy modelini namoyish qilgan holda, butun Markaziy Osiyo mintaqasining yanada taraqqiyotini ta’minlaydigan mustahkam poydevor yaratmoqda. Joriy yilda Sizning Ostona shahriga tashrifingiz va mening Toshkentga tashrifim mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shdi. Ularning natijalari munosabatlarimizni sezilarli ravishda kengaytirib, hamkorligimizning yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali strategik sheriklik asrlar davomida do‘stlik va hamjihatlikda yashab kelayotgan ikki xalq farovonligi yo‘lida bundan buyon ham yanada jadal rivojlanib borishiga qat’i ishonch bildirgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qutlug‘ sana — diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan yo‘llagan qutlovida bunday deyiladi:

Chindan ham tarixiy ushbu muhim voqelik mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, abadiy do‘stlik va strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalar asosida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni izchil rivojlantirishga mustahkam poydevor yaratdi. Joriy yilda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali uchrashuv va muzokaralar O‘zbekiston — Qozog‘iston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga imkon yaratdi, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitdi. Muvaffaqiyatli hamda samarali o‘zaro aloqalarning zamonaviy bosqichi qardosh o‘zbek va qozoq xalqlarining manfaatlariga to‘liq javob beradi, butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (23-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют