» » Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin Toshkentga keladi

Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin Toshkentga keladi


Toshkentga 24-noyabr kuni Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz”.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston hukumati vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ham o‘rin olgan.

Shuningdek, Qozog‘iston delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraislarining ishchi yig‘ilishida qatnashadi.

Bundan tashqari, mehmonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev bir-birini qutlagani haqida xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют