» » Isroilda VI asrga oid gruzin cherkovi xarobalari topildi

Isroilda VI asrga oid gruzin cherkovi xarobalari topildi


Arxeologlar Isroil hududida qadimiy gruzin cherkovi xarobalarini topdi. “RIA Novosti”ga ko‘ra, ular topilma bir yarim ming yillik o‘tmishga ega deb hisoblamoqda.

Vizantiya davrida gullab-yashnagan Ashdod-Yam shahri xarobalarini o‘rganish chog‘ida olimlar bag‘ishlov shaklidagi yozuvga duch keldi. Yunon tilida yozilgan xatda qadimgi gruzin yil hisobi uslubi ishlatilgan. Bu tadqiqotchilarga nafaqat topilmaning yoshini aniqlash, balki u Isroilning qaysi qadimgi jamoasiga tegishliligini bilish imkoniyatini berdi.

Quddus yahudiy universiteti doktori Leya Di Segni ibodatxona milodiy 539-yilda qurilgan deb taxmin qilmoqda.

“Bu Isroilda gruzin taqvining ishlatilishi bilan bog‘liq eng qadimiy namunadir”, — dedi olima.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют