» » Olimlar: Qadimgi Misr piramidalarining qurilishi atrofida hech qanday sir qolmadi

Olimlar: Qadimgi Misr piramidalarining qurilishi atrofida hech qanday sir qolmadi


Olimlar qadimgi misrliklar buyuk Giza piramidalarini qurishda bir necha tonnali tosh bo‘laklarini janubdan shimolga qay yo‘sinda olib o‘tishganining barcha usullarini biladi. Bu haqda misrlik mashhur arxeolog olim, Misr qadimiy yodgorliklar vazirligining sobiq rahbari Zaxi Xavas “Ash-Sharq al-Ausat” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Daily Mail gazetasi bir guruh olimlar qadimgi papirus yordamida piramidalar qurilishining sirini aniqlashganini ma’lum qilgandi. Xabar berilishicha, hujjatda misrliklar bundan 4600 yil avval uzoq masofadagi (800 kilometrdan ortiq: Misr janubidagi Asuandan Xeops piramidasi qurilgan Gizaga qadar) og‘ir granit va ohaktoshlarni qay usulda tashishgani yozilgan. Papirusda yozilishicha, toshlarni tashishda maxsus suv kanallaridan foydalanilgan.

Xavasning so‘zlariga ko‘ra, ushbu “kashfiyot”da hech qanday yangi narsa yo‘q.

“Tashish ishlari Asuandagi toshlarga ishlov berish joyidan qadimgi qayiqlar yordamida Nil daryosi orqali tashilgan, shundan so‘ng, piramida qurilishi olib borilayotgan yerga qadar maxsus kanallar qazilib, toshlar shu orqali manziliga yetkazilgan”, — dedi olim.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 01:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют