» » Donald Tramp shtabi sobiq rahbari Pol Manafort Moskvaga 18 marta kelib-ketgan

Donald Tramp shtabi sobiq rahbari Pol Manafort Moskvaga 18 marta kelib-ketgan


Donald Tramp shtabining sobiq rahbari Pol Manafort Moskvaga so‘nggi yillarda 18 marta kelib-ketgan. Bu haqda McClutchy nashri Kiyevdagi manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bir paytlar Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich qo‘l ostida ham ishlagan Manafort 2005 va 2006-yilda Moskvaga 11 marta, 2008-yilda — uch marta, 2009-yilda — ikki marta, 2010 va 2011-yillarda bir martadan tashrif buyurgan.

O‘z tashriflari chog‘ida Manafort, go‘yoki, Kremlga bog‘liq shaxslar bilan aloqada bo‘lgan.

Bundan tashqari, 2014-yil fevralidan u Ukrainaning “Muxolifat bloki” partiyasi bilan hamkorlik qilgan va so‘nggi 20 oy ichida Kiyevga 19 marta kelgan. Manafort, shuningdek, partiyaga NATOga qarshi pozitsiyani egallashni taklif qilgan.

Nashr xulosa qilishicha, Manafortning Rossiya tarafdorlari bilan aloqasi “taxmin etilganidan ko‘ra chuqurroq bo‘lib chiqqan”, uning Moskvaga qo‘nib o‘tishlari esa amerikalik tergovchilar uchun qiziq bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, Tramp shtabi sobiq rahbarining vakili unga qaratilgan ayblovlarni rad etdi va Manafort hech qachon Rossiya hukumatiga ishlamaganligini aytdi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют