» » OAV: Donald Tramp Moskvada osmono‘par bino qurishni rejalashtirgan

OAV: Donald Tramp Moskvada osmono‘par bino qurishni rejalashtirgan


AQSh prezidenti Donald Trampning kompaniyasi saylovoldi poygasining boshida Moskvada Trump Tower osmono‘par binosini qurishni rejalashtirgan. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan Feliks Sater 2015-yilning noyabridagi maktubida qurilishni boshlash uchun Trampni Moskvaga taklif qilgan. Bundan tashqari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashuv amalga oshishi mumkin bo‘lgan.

Shuningdek, u Trump Organization vitse-prezidenti Maykl Koenga Tramp tez kunlarda bir vaqtning o‘zida ko‘chmas mulk tarixidagi eng ulkan loyihani hamda prezidentlik saylovidagi g‘alabasini nishonlashini yozib yuborgan.

Qurilish rejasidan xabardor bo‘lgan WP manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya va investorlar rozilik xatini yozishganiga qaramay, Tramp Rossiya poytaxtiga tashrif buyurmagan.

Shu bilan birga Oq uy vakili ushbu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют