» » Pelosi: Tramp yashirincha tinglash haqidagi ayblovlari uchun Obamadan uzr so‘rashi kerak

Pelosi: Tramp yashirincha tinglash haqidagi ayblovlari uchun Obamadan uzr so‘rashi kerak


AQSh prezidenti Donald Tramp Barak Obamani go‘yoki Nyu-Yorkdagi Trump Tower osmono‘par binosini yashirincha tinglaganlikda asossiz ayblagani uchun undan kechirim so‘rashi kerak. Bunday fikrni Kongressning Vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Nensi Pelosi bildirdi, deb yozadi “TASS”.

“Sobiq prezident Obama bunday qila olmasdi, Trampda ham buni tasdiqlovchi hech qanday dalillar yo‘q”, — dedi Pelosi telefon suhbatlarini tinglashga ruxsat berilishini nazarda tutib.

U, shuningdek, Tramp Oq uyning sobiq rahbaridan uzr so‘rashi kerakligini ta’kidladi. “U bunday qilishi kerak emasdi, endi esa u nafaqat Obama, balki butun Amerika xalqidan kechirim so‘rashi kerak”, — dedi u.

Tramp 4-mart kuni o‘z Twitter’ida sobiq prezident Obamaning ma’muriyati o‘tgan yil noyabrida respublikachining saylovdagi g‘alabasidan bir necha kun oldin Trump Tower binosida telefon suhbatlarini yashirincha tinglagani haqidagi da’vo bilan chiqish qilgan edi. Ertasi kuni Oq uy AQSh Kongressidan bu borada tekshiruv olib borishni talab qildi. Keyinroq FQB direktori Jeyms Komi uning muassasasi va AQSh adliya vazirligida yashirincha tinglash haqidagi da’volarni tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘qligini aytdi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют