» » 2-dekabrdan boshlab Olmaotadan Toshkentga reyslar har kuni amalga oshiriladi

2-dekabrdan boshlab Olmaotadan Toshkentga reyslar har kuni amalga oshiriladi


Qozog‘iston va O‘zbekiston mamlakatlar o‘rtasidagi aviareyslar sonini ko‘paytiradi, deya xabar bermoqda “Kazinform” Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vazirligiga tayanib.

“Eyr Astana” 2017-yil dekabridan O‘zbekistonga reyslar sonini ko‘paytirmoqchi: 2-dekabrdan Olmaota—Toshkent yo‘nalishidagi reyslar har kuni (haftasiga 7 marta) amalga oshiriladi; 3-dekabrdan Ostona—Toshkent yo‘nalishidagi reyslar esa 4 taga yetkaziladi va shanba kunlari ham amalga oshiriladigan bo‘ladi.

O‘z navbatida, “O‘zbekiston havo yo‘llari” 4-dekabrdan Toshkent—Olmaota yo‘nalishidagi reyslarni 7 taga yetkazadi, 2018-yilning 4-martidan boshlab esa Toshkent—Ostona yo‘nalishi bo‘yicha reyslar haftasiga 4 taga yetkaziladi.

Natijada mamlakatlar o‘rtasidagi reyslarning umumiy soni haftasiga 22 tani tashkil qiladi. Shu tariqa, yo‘lovchilar Olmaotadan Toshkentga kuniga ikki marta, Ostonadan esa bir marta uchib ketishi mumkin bo‘ladi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют