» » Milan sudi braziliyalik mashhur hujumchi Robinyoni 9 yil ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi

Milan sudi braziliyalik mashhur hujumchi Robinyoni 9 yil ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi


Faoliyatini Braziliyaning “Atletiko Mineyro” klubida davom ettirayotgan mashhur futbolchi Robinyo 9 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Bu qaror Milan sudi tomonidan e’lon qilindi.

2010—2015-yillar davomida hujumchi huquqiy jihatdan “Milan”ga tegishli bo‘lgan. U va do‘stlari 2013-yil Milan tungi klublaridan birida bo‘lgan va albaniyalik 22 yoshli qizning nomusiga tekkan. Ishni o‘rganib chiqqan Milan sudi, ayblanuvchilarning aybini isbotladi va ular orasida bo‘lgan Robinyoni 9 yil ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi.

Robinyo 2003-yildan buyon Braziliya milliy termasi uchun 100 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urishning uddasidan chiqqan. Karyerasini “Santos” klubida boshlagan hujumchi, keyinroq “Real Madrid”, “Manchester Siti”, “Milan”, “Guanjou Evergrand” kabi klublarda o‘ynagan.

Endilikda Robinyo Braziliyadan Milan shahriga yetib kelib, jazosini o‘tashi kerak bo‘ladi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют