» » Toshkentdagi masjidda fuqarolarni “Hizb ut-Tahrir” a’zoligiga chorlagan ayol qo‘lga olindi

Toshkentdagi masjidda fuqarolarni “Hizb ut-Tahrir” a’zoligiga chorlagan ayol qo‘lga olindi


22-noyabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

Xabarda qayd etilishicha, U.Uzoqova diniy ekstremistik oqim vakillari bilan internetda tanishgan va “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi “Islom nizomi”dan ta’lim olgan.

Ayol Gulbozor mahallasida joylashgan jome’ masjidiga “Hizb ut-Tahrir” maslakdoshlarini ko‘paytirish maqsadida boradi va namozga yig‘ilganlarga “Musulmonlarning islom tuzumini tatbiq qilish oldidagi mas’uliyatlari” deb boshlanuvchi 14 dona varaqani tarqatishga urinadi.

Ekstremistning maqsadidan xabar topgan masjid imomi tegishli organlarga xabar berdi.

Ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida U.Uzoqova qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют