» » Qozog‘istonda IShID g‘oyalarini targ‘ib qilib yurgan 11 kishi ushlandi

Qozog‘istonda IShID g‘oyalarini targ‘ib qilib yurgan 11 kishi ushlandi


Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi IShID g‘oyalarini mamlakat hududida targ‘ib qilib yurgan to‘rt guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. 11 kishi qo‘lga olindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“To‘rt radikal guruh faoliyati tugatilgan bo‘lib, ularning a’zolari turli materiallar tarqatib kelgan hamda Qozog‘istonda taqiqlangan DAISh xalqaro terrorchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlovchi chaqiriqlar qilgan. Suddan ilgarigi tergov doirasida terrorchilik propagandasi hamda diniy adovatni alangalatish faktlari bo‘yicha 11 kishi qo‘lga olindi”, — deyiladi idora xabarnomasida.

Maxsus operatsiyalar Aqto‘be va Janubiy Qozog‘iston viloyatlarida 20-aprel kuni amalga oshirildi. Qo‘lga olinganlar yashash manzillari bo‘yicha tintuv olib borilmoqda, tergov harakatlari boshlab yuborildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют