» » Irlandiyada siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Hukumat iste’foga chiqishi mumkin

Irlandiyada siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Hukumat iste’foga chiqishi mumkin


Irlandiyada avj olgan siyosiy inqiroz hukumat iste’fosiga va navbatdan tashqari saylovga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Aytilishicha, muxolif “Fianna foyl” partiyasi yetakchisi inqiroz kelib chiqishining sababchisidir.

Hukumat partiyasi bo‘lmish “Fine gel” parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega emas, shu bois muxolifatchilarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj.

“O‘tgan kecha ‘Fine gel’ yangi saylovni xohlayapti degan qarorga keldim”, — dedi “Fianna foyl” yetakchisi Mixol Martin.

Bir muddat ilgari muxolifatchilar parlamentda bosh vazir o‘rinbosariga ishonchsizlik haqidagi rezolyutsiyani ovoz berishga qo‘ygan edi. Hukmron partiya uni iste’foga chiqarishni xohlamadi, lekin muxolifat ishonchsizlik votumini qaytarib olishni xohlamayapti.

Tahlilchilarning fikriga qaraganda, agar orada kelishuvga erishilmasa, bu hukumatning to‘laligicha iste’foga chiqishiga olib kelishi mumkin.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют