» » Toshkent IIBB: Go‘zal To‘xtaxo‘jayeva ishi bo‘yicha hech bir dindor hibsda emas, Chinoz va Yangiyo‘lda hech kim so‘roq qilinmagan

Toshkent IIBB: Go‘zal To‘xtaxo‘jayeva ishi bo‘yicha hech bir dindor hibsda emas, Chinoz va Yangiyo‘lda hech kim so‘roq qilinmagan


16—21-noyabr kunlari Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi, shuningdek, Toshkent viloyatining Chinoz va Yangiyo‘l tumanlaridagi bir guruh dindorlarning uylarida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan tintuvlar o‘tkazilgani, dindorlarning o‘zi so‘roq qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu xabarlarda huquq-tartibot organlari Zangiota tumanida uch kun ichida 20—60 yosh oralig‘idagi 80 ga yaqin shaxsni (erkak, ayol aralash) qo‘lga olgani, ulardan yetti nafari Toshkent shahar IIBB hibsxonasida saqlanayotgani yozilgan. Bundan tashqari, Zangiotada qo‘lga olingan shaxslardan Go‘zal To‘xtaxo‘jayeva ismli fuqaro haqida axborot so‘ralgani ham ta’kidlangan (UzNews’ning yozishicha, To‘xtaxo‘jayeva 2008-yildan beri, “Kun.uz” ma’lumoti bo‘yicha esa — 2009-yildan beri qidiruvda).

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev OAVga axborot berdi, uning axboroti 25-noyabr kuni e’lon qilindi.

Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, 1986-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan Go‘zal To‘xtaxo‘jayevaga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 3-qismi “b” bandi (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlagan holda O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u Uchtepa tumani Tergov bo‘limi tomonidan qidiruvga berilgan.

IIBB boshlig‘i o‘rinbosarining ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Go‘zal To‘xtaxo‘jayevani qo‘lga olish maqsadida huquq-tartibot organlari xodimlari ayolning qidiruvda ekanini, uning qayerda yashirinayotganini bilishi, shuningdek, u bilan muloqotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq bu haqda ichki ishlar organlariga ma’lumot bermagan shaxslarni so‘roq qilmoqda. Toshxo‘jayevaning alohida qayd etishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Go‘zal To‘xtaxo‘jayevaning qayerdaligini aniqlash maqsadida Chinoz va Yangiyo‘l tumani aholisini so‘roq qilmagan.

25-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB saytida Go‘zal To‘xtaxo‘jayeva Uchtepa tumani IIB tomonidan qidirilayotgani haqida axborot paydo bo‘ldi. IIBB saytidagi xabarga gumonlanuvchining suratlari ham ilova qilingan.

“Go‘zal To‘xtaxo‘jayevani ko‘rganlar yoki uning qayerda ekanligini bilganlarni 102, 281-93-02, 281-92-80, 283-94-45, 284-93-23 telefon raqamlariga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga xabar berishini so‘raymiz”, — deyiladi IIBB axborotida.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют