» » Zimbabve sudi harbiylarning Mugabeni hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha harakatlari qonuniy bo‘lgani haqida hukm chiqardi

Zimbabve sudi harbiylarning Mugabeni hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha harakatlari qonuniy bo‘lgani haqida hukm chiqardi


Zimbabve Oliy sudi mamlakat harbiylarining sobiq prezident Robert Mugabeni iste’foga chiqarish bo‘yicha harakatlari qonuniy ekani haqida qaror chiqardi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Oliy sud raisi Jorj Chiveshning tasdiqlashicha, harbiylar “Robert Mugabening konstitutsiyaviy vakolatlari uning atrofidagilar tomonidan egallab olinishini to‘xtatish maqsadida” qilgan haraktalari qonuniy va Konstitutsiya buni ma’qullaydi. Bundan tashqari, sud qaroriga ko‘ra, Robert Mugabe tomonidan vitse-prezident Emmerson Mnangagvaning iste’foga chiqarilishi noqonuniy harakat bo‘lgan.

75 yoshli Mnangagva 24-noyabr kuni rasman qasamyod qildi va Zimbabve prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi. Zimbabve harbiylari 15-noyabr kuni poytaxt ustidan nazorat o‘rnatib, Mugabeni uy qamog‘iga joylashtirgan edi. Unga nisbatan Konstitutsiya talablarini buzish va mamlakat iqtisodiyotini tushkunlikka tushirish ayblovlari e’lon qilindi.

Bundan tashqari, hukmron ZANU-PF (“Zimbabvening Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti”) partiyasi Mugabega ultimatum qo‘ydi: prezident 20-noyabrga qadar o‘z vakolatlarini topshirishi, aks holda, parlament uning hokimiyatdan chetlatilishi uchun ovoz berishi kerak edi. Mugabe 21-noyabr kuni o‘z xohishiga ko‘ra iste’fo berishga qaror qildi. U 37 yildan beri Zimbabvega rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 133) ( 0) ( 131) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют