» » La Liga. Mavsumda ilk bor Madrid yetakchilari zafar quchgan turda “Barselona” ochko yo‘qotdi

La Liga. Mavsumda ilk bor Madrid yetakchilari zafar quchgan turda “Barselona” ochko yo‘qotdi


Ispaniya La Ligasining 13-tur bellashuvlari katta ahamiyat kasb etmaydigan “Espanyol” — “Betis” o‘yini bilan yakuniga yetadi.

Unga qadar peshqadam “Barselona” yangi mavsumda ikkinchi bor ochko yo‘qotdi. “Valensiya” maydoniga safar etgan kataloniyalik futbolchilar Xardi Albaning goli sabab mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

“Barselona” ortda qolgan 13 ta bellashuvning 11 tasida zafar quchgan va 2 tasida durang o‘ynagan. Klub bunga qadar 8-tur doirasida Madridga tashrif buyurib, “Atletiko” bilan ham durang o‘ynagandi — 1:1. Ayni vaqtda jamoa poytaxt yetakchilaridan 8 ochko ilgarilab ketgan.

“Valenasiya” esa Kataloniya va Madrid yetakchilarining o‘rtasida joylashgan. Har ikki tomon bilan oradagi farq 4 tani tashkil qiladi. Ortda qolgan 13 ta bellashuvda “ko‘rshapalaklar”ni mag‘lub etadigan klub topilmadi. Marselino shogirdlari “Barselona”ga qadar “Real” va “Atletiko” bilan ham durang o‘ynagan, “Sevilya”ni yirik hisobda taslim qilgandi.

Yakshanba oqshomidagi ikkinchi raqamli markaziy o‘yin “Vilyarreal” maydonida o‘tib, unda 2 ta gol farqi bilan ortda borayotgan “Sevilya” yakunda irodali g‘alabani tantana qildi.

Ispaniya La Ligasi

13-tur bellashuvlari

26-noyabr, yakshanba

Gollar: Markel Susayeta, 16 (0:1). Adrian, 35 (1:1). Inyaki Uilyams, 60 (1:2). Fabian Sher, 76 (2:2).

Gollar: Tana, 21 (0:1). Villian, 31 (1:1). Adnan Yanuzay, 62 (2:1). Xonatan Viyera, 67 (2:2).

Chetlatish: Alvaro Ordisola, 94+ (R).

Gollar: Sedrik Bakambyu, 19 (1:0). Karlos Bakka, 53 (2:0). Kleman Langle, 56 (2:1). Franko Vaskes, 57 (2:2). Ever Banega, 78-pen (2:3).

Chetlatish: Viktor Ruis, 77 (V).

Gollar: Rodrigo, 60 (1:0). Xordi Alba, 82 (1:1).

Опубликовано: admin (27-11-2017, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют