» » Fotogalereya: Hindiston haqidagi g‘alati faktlar

Fotogalereya: Hindiston haqidagi g‘alati faktlar


Hindiston dunyodagi noodatiy va hayratlanarli mamlakatlardan biri hisoblanadi. Unda ma’lum va noma’lum bo‘lgan ko‘plab g‘alati faktlar mavjud. TravelAsk ana shunday faktlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.

Hind aviakompaniyalari juda tejamkor. Ekipaj a’zolari orasida faqat ozg‘in qizlar bor. Buning evaziga aviakompaniyalar yuz minglab dollarlik yoqilg‘ini tejaydi.

Hindistonda feministlar tashkiloti bo‘lib, unga 10 mingdan ortiq ayol a’zo bo‘lgan.

Hindistondagi Xarmandir-Sohib nomli sikx ibodatxonasida e’tiqodi va millatidan qat‘i nazar barcha kam ta’minlanganlar bepul ovqatlanishi mumkin.

Ramesh Babuda soch oldirish ikki dollar turadi, uning o‘zi esa Rolls Royce’da yuradi.

Ayolni vafot etgan eriga qo‘shib yoqish odati zamonaviy Hindistonda ham uchrab turadi.

Hinduiylik dinida minglab ma’budlar mavjud.

Hind ayollari dunyodagi oltin zaxirasining 11 foiziga egalik qiladi.

Hindistonlik Jadav Payengning o‘zi Braxmaputra qirg‘og‘ida minglab daraxt ekkan. Hozirgi paytda bu yerda 1500 gektarlik qo‘riqxona mavjud.

1879-yilda insoniyat tarixidagi eng hayratga soluvchi janglardan biri bo‘lib o‘tgan. 21 nafar sikx 10 ming nafar afg‘on bilan jang qilgan. Sikxlarning halok bo‘lgani aniq, biroq ularning zarbidan 600 nafardan ortiq afg‘on yer tishlagan.

Hindiston temir yo‘llari kompaniyasi dunyodagi eng yirik ish beruvchi hisoblanadi. Unda 1,5 milliondan ortiq kishi mehnat qiladi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют