» » Suriyada hukumat aviatsiyasi zarbalari oqibatida 57 kishi halok bo‘ldi

Suriyada hukumat aviatsiyasi zarbalari oqibatida 57 kishi halok bo‘ldi


Suriya harbiy-havo kuchlarining Rossiya aviatsiyasi bilan birgalikdagi aviazarbalari oqibatida mamlakatda 26-noyabr, yakshanba kuni kamida 57 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. 

Harbiy samolyotlarning Dayr az-Zavr viloyati sharqidagi Al-Shafa aholi punktiga hujumi 34 kishi, jumladan, 15 nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi. 

Bashar Asad kuchlarining poytaxt Damashq yaqinida isyonchilar nazoratidagi hududga hujumi oqibatida 23 kishi, xususan, 4 nafar bola halok bo‘ldi.

Mahalliy faollarga ko‘ra, hukumat samolyotlari Sharqiy Gutadagi bozorga ham zarba berdi. Mazkur hujumda 17 kishi o‘ldi, 50 kishi yaralandi. 

Опубликовано: admin (27-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют