» » UzMobile sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirmoqda

UzMobile sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmog‘ini kengaytirishni davom ettirmoqda


Toshkent viloyatining ikki shahrida: Yangiyo‘l shahrida – 18-noyabr kuni va Chirchiq shahrida – 23-noyabr kuni UzMobile yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Mazkur hodisa shahar aholisi uchun haqiqiy bayramga aylandi. Ilgari shaharda faqat cheklangan xizmat turlariga ega bo‘lgan UzMobile dilerlik markazlari amal qilardi. Sim-kartalarni almashtirish yoki raqamni qayta rasmiylashtirish kabi xizmatlar uchun Toshkent shahriga ovora bo‘lib borish kerak edi. Endi buning hojati yo‘q.

Shubhasiz, yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining ochilishi odamlar uchun yanada keng imkoniyatlarni taqdim etadi hamda yangi abonentlarni jalb qiladi.

Yangiyo‘l shahrida ham va Chirchiq shahrida ham ofislar ochilish kunida tezda UzMobile tarmog‘iga ulanishni yoki o‘zlarini qiziqtirgan savollarga maslahat olishni xohlovchilar bilan to‘ldi. Biroq xodimlar ishlarida asosiy e’tiborni nafaqat jismoniy shaxslarga, balki yuridik shaxslarga ham qaratdilar, jami Yangiyo‘l shahrida 35 ta hamda Chirchiq shahrida 60 taga yaqin ulanishni amalga oshirdilar.

Yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining ochilishi sharafiga sovrinli yutuq o‘yinlari o‘tkazildi. Har bir xohlovchiga “chiroyli” raqam va Internet-trafik uchun sertifikatlar sohibi bo‘lish imkoniyati berildi. Bu yutuqlar egasi bo‘la olmaganlarga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar taqdim etildi. Eng yaxshi sovg‘a esa mijozlar uchun ham va abonentlar uchun ham uzoq vaqt xotiralarida saqlanib qoladigan yaxshi kayfiyat bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (27-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют