» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning sobiq bosh prokurorini tanqid qildi (video)

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning sobiq bosh prokurorini tanqid qildi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-iyun kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatning sobiq bosh prokurorini tanqid qildi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishning avval e’lon qilinmagan videoparchasi 27-noyabr kuni internetda paydo bo‘ldi.

Prezident yig‘ilishda Farg‘ona viloyati prokuroriga murojaat qilarkan, unga “eski zamonlar o‘tib ketgani”ni eslatdi, o‘z navbatida, uni amaldagi bosh prokurorga ko‘makchi bo‘lishga chaqirdi.

U zamon o‘tib ketdi — likillab kelib-ketib, formada o‘tiradigan. Oldin bir bosh prokuroring bor edi, hamma yerni poraxo‘rlik qilib yuborgan. Korrupsiya bo‘lib ketgan prokurorni olib tashladik. Mana, yangi bosh prokurorimiz katta ish qilyapti.

Shuning uchun, sen unga ko‘makchi bo‘lgin, yangi prokurorga yordam bergin. Aks holda, sen bilan ham xayrlashishga to‘g‘ri keladi. Menga chiroyli tomoshabin bo‘lib o‘tiradigan odamlar kerak emas. Bunaqasi ketmaydi endi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, 2015-yil aprelidan beri Ixtiyor Abdullayev O‘zbekiston bosh prokurori hisoblanadi. U mazkur lavozimda Rashidjon Qodirovni almashtirgan. Rashidjon Qodirov 2000-yil fevralida O‘zbekiston bosh prokurori etib tayinlangan edi — u 15 yil mazkur lavozimda faoliyat ko‘rsatgan.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют