» » AQShda “kiberdushanba”da amalga oshirilgan onlayn-sotuvlar hajmi 6 mlrd dollardan oshdi

AQShda “kiberdushanba”da amalga oshirilgan onlayn-sotuvlar hajmi 6 mlrd dollardan oshdi


AQShda bo‘lib o‘tgan “kiberdushanba” — internet-do‘konlardagi chegirmalar kunida onlayn-sotuvlar hajmi 6,59 milliard dollarni tashkil etdi va bu borada yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda mamlakatning 100 ta yirik onlayn-do‘konidagi oldi-sotdilarni kuzatib boradigan Adobe Digital Insights kompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlarda “kiberdushanba”da 5,6 milliard dollarga teng mahsulotlar sotilgandi. Shu tariqa, sotuv hajmi salkam 17 foizga oshdi. 

Internet-xaridlarning aksariyati (taxminan 2 milliard dollar) bu yil mobil qurilmalari — smartfonlar va planshetlar orqali amalga oshirildi. 

Amerikaliklar eng ko‘p murojaat qilgan onlayn-do‘konlar Amazon, Walmart, Target va Best Buy bo‘ldi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей...