» » AQShda o‘tkinchilar qo‘shiqlar va plakatlar yordamida bir erkakni o‘z joniga qasd qilishdan qaytarib qoldi

AQShda o‘tkinchilar qo‘shiqlar va plakatlar yordamida bir erkakni o‘z joniga qasd qilishdan qaytarib qoldi


AQShning Springfild shahrida tasodifiy o‘tkinchilar politsiyachilarga bir erkakni o‘z joniga qasd qilishdan qaytarib qolishga yordam berdi, deb yozadi TJournal. Huquq-tartibot organlari xodimlari qariyb 15 soat davomida erkakni tomdan tushishga ko‘ndirishga urindi.

Ko‘p qavatli binoning tomiga chiqib olgan erkak haqida politsiyaga 20-noyabr kuni kunduzi qo‘ng‘iroq qilib xabar berishdi. Shu kuni kun davomida politsiya u bilan muloqotga kirishishga harakat qildi, jarayon davomida ko‘chada odamlar ham to‘plana boshladi.

Kechki vaqtga kelib, bino yonida bir necha o‘nlab kishilar yig‘ilib qoldi, ular qo‘shiqlar kuylab, “Hammasi yaxshi bo‘ladi”, “Bizga baribir emas”, “Sen muhimsan” va “Sen yolg‘iz emassan” kabi ilhomlantiruvchi gaplar yozilgan plakatlarni ko‘tarib oldi.

Kechasi 03:30 larda erkak u uchun maxsus qo‘yilgan o‘t o‘chiruvchilar narvoni yordamida tomdan tushdi, uni kasalxonaga yotqizishdi. U nima sababdan o‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgani noma’lum.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют