» » Chimkentda joriy yilning 6 oyi davomida 18 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilishga uringan

Chimkentda joriy yilning 6 oyi davomida 18 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilishga uringan


Qozog‘istonning Chimkent shahrida 2017-yilning 6 oyi davomida 18 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilishga uringan. Ulardan 13 nafarining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi. Bu haqda Chimkent shahar ta’lim boshqarmasiga tayanib, Kazakhstan Today xabar berdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilayotganlarning yoshi 13—16 atrofida. Psixologlar o‘smirlarni o‘z hayotiga qasd qilish niyatidan qaytarishning eng yaxshi yechimi — bu kattalarning e’tibori ekanligini ta’kidlashadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-yilda bir millionga yaqin odam o‘z joniga qasd qilish oqibatida vafot etgan, 2020-yilga borib esa ushbu ko‘rsatgich 1,5 barobarga ortishi mumkin.

Dunyo bo‘ylab bir millionga yaqin odam o‘z joniga qasd qilsa, shundan sakkiz mingi qozog‘istonliklardir. Dunyo bo‘ylab har 40 soniyada bitta odam o‘zini o‘zi o‘ldirsa, Qozog‘istonda har soatda kimdir o‘z joni bilan ixtiyoriy ravishda vidolashadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy veb-sayti o‘z joniga eng ko‘p qasd qilish holatlarini qayd etilgan davlatlar ro‘yxatini keltirdi. Ro‘yxatdan Xitoy, Kuba, Litva, Mavrikiya, Rossiya va Shri-Lanka kabi davlatlar o‘rin olgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-09-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют