» » Xorvatiya bosh vaziri Gaaga tribunalida zahar ichgan general o‘limidan afsus bildirdi

Xorvatiya bosh vaziri Gaaga tribunalida zahar ichgan general o‘limidan afsus bildirdi


Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich general Slobodan Pralyakning o‘limidan afsusda ekanligini bildirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

“Uning o‘limi bosniyalik olti xorvat va xorvat xalqiga nisbatan adolatsizlikdan dalolat beradi. Biz hukm yuzasidan norozilik va afsus bildiramiz”, — dedi Plenkovich. 

Gaaga tribunali 29-noyabr, chorshanba kuni xorvatiyalik general Pralyakning 2013-yilda chiqarilgan hukmga shikoyatini ko‘rib chiqdi va o‘zgarishsiz qoldirdi. U bosniyalik musulmonlarga qarshi harbiy jinoyatlari uchun 20 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Sudda buni e’lon qilish chog‘ida Pralyak zahar ichishga ulgurdi va keyinchalik Gaaga kasalxonasida olamdan o‘tdi. 

Опубликовано: admin (30-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют