» » Alibaba birinchi marta qirq yillik obligatsiyalarni savdoga chiqaradi

Alibaba birinchi marta qirq yillik obligatsiyalarni savdoga chiqaradi


Xitoyning Alibaba kompaniyasi uch yil ichida birinchi marta beshta transhli obligatsiyalar bilan korporativ qarz bozoriga chiqadi. Ular ichida eng “uzuni” kompaniya tomonidan avval chiqarilmagan qirq yillik qarzlar hisoblanadi. Bundan tashqari, Alibaba investorlarga besh yarim yillik, 10 yillik, 20 yillik va 30 yillik obligatsiyalarni taklif qiladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Bu kompaniyaning korporativ qarzlar bozoriga ikkinchi chiqishi hisoblanadi. 2014-yilda kompaniya sakkiz milliard dollarlik qimmatli qog‘ozlarni bozorga chiqargan edi. Kutilayotgan chiqishning miqdori besh milliarddan yetti milliard dollargacha bo‘lishi mumkin.

Alibaba Xitoydagi eng yirik elektron savdo platformalariga egalik qiladi. Kompaniya bu platformalarda sotuvchi va xaridorlar uchun turli xizmatlar taklif qiladi. XXRdagi elektron savdo aylanmasining 80 foizi Alibaba’ning ulushiga to‘g‘ri keladi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют