» » Fotogalereya: Faqatgina AQShda ko‘rish mumkin bo‘lgan tabiat mo‘jizalari

Fotogalereya: Faqatgina AQShda ko‘rish mumkin bo‘lgan tabiat mo‘jizalari


The Money ikki kishilik ta’tilni 3500 dollar evaziga maroqli o‘tkazish mumkin bo‘lgan AQShdagi g‘aroyib maskanlarning ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar berdi Forum Daily.

Bristlecone Pines — Kaliforniya shtati

Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 2 548 dollar sarflanadi.

Mafusail daraxti deb ataluvchi dunyodagi eng qadimiy qarag‘ayning yoshi 4800 ga teng. Ushbu tabiat mo‘jizasi Bishop shahridan bir soatlik uzoqlikdagi yo‘lda joylashgan bo‘lib, uni tomosha qilish uchun har yili ko‘plab turistlar tashrif buyuradi.

Katta kanyon — Arizona shtati

Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 2 763 dollar sarflanadi.

Bu yerning yuzlab suratlarini tomosha qilgandan ko‘ra, bir marta borib ko‘rgan afzal. Kanyonga qish faslida — havo sovuq biroq quyosh yetarli darajada qizdiradigan vaqtda tashrif buyurgan ma’qul.

Yosemiti milliy bog‘i — Kaliforniya shtati

Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 2 289 dollar sarflanadi.

Yosemiti milliy bog‘i — sarguzashtga qiziquvchilar uchun ajoyib maskan. Bog‘ning hududi 3027 kvadrat kilometrga teng. El-Kapitan tog‘ining sharqida Shimoliy Amerikadagi eng baland Yosemiti sharsharasi joylashgan.

Katta prizma shaklidagi buloq — Vayoming shtati

Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 3 313 dollar sarflanadi.

Katta prizma shaklidagi buloq — kattaligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Uning diametri 91 metrni, chuqurligi esa 49 metrni tashkil etadi. Buloq suvining o‘rtacha harorati Selsiy bo‘yicha +71 darajaga teng.

Prizma birinchi navbatda o‘zining o‘lchami bilan emas, balki rangli ekanligi bilan ko‘pchilikni hayratlantiradi. Shu sababli ham buloq “prizma” deb ataladi — u kamalakning barcha ranglarini o‘zida jilolantiradi.

Mendenxoll muzligi — Alyaska shtati

Ikki kishi uchun bir haftalik safarga umumiy miqdorda 3 458 dollar sarflanadi.

Mendenxoll vodiysida joylashgan muzlikning uzunligi 19 kilometrga teng bo‘lib, Juno shahridan 19 kilometr narida joylashgan (Alyaskaning janubi-sharqi).

Muzlikdagi g‘orlarga yetib borish uchun Mendenxoll ko‘li bo‘ylab baydarkada suzish kerak, bu juda mushkul ish hisoblanadi.

AQSh o‘rmonchilik xizmati muzlikka bir kishi bo‘lib sayohat qilish juda xavfli ekanligini ta’kidlaydi. U yerga 349 dollar turadigan turlar tashkillashtirladi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют